Jahon | 19:40 / 04.10.2015
10134
1 daqiqa o‘qiladi

Qodiriy va Fitratga qatl hukmi o‘qilganiga 77 yil to‘ldi

Bugun, 4 oktabr kuni, SSSR jazo mashinasi tomonidan o‘zbek ziyolilarining yoppasiga qatl etilishi va boshqa yo‘llar bilan yo‘q qilinishi amalga oshirila boshlanganiga roppa-rosa 77 yil to‘ldi.

4-7 oktabr kunlari O‘zbekiston tarixining eng fojiali kunlari bo‘ldi. Aynan o‘sha kunlarda SSSR Oliy sudi muvaqqat kollegiyasi qarori bilan o‘zbek madaniyati va siyosatining 507 nafar eng yetuk a'zolariga o‘lim hukmi o‘qildi. Hukm favqulodda tezkorlik bilan, 4-16 oktabr kunlari ijro etildi.

Shu kunlarda otib tashlangan ko‘zga ko‘ringan fan, madaniyat va siyosat arboblaridan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Rahim Inog‘omov, Usmonxon Eshonxo‘jayev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboyev, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Po‘lat Soliyev, Xudoybergan Devonov va boshqalarni tilga olib o‘tish mumkin.

Mavzuga oid