Jamiyat | 16:15 / 14.10.2015
11048
1 daqiqa o‘qiladi

Fotograf bir-birimizga qanchalar uzoq ekanimizni ko‘rsatish uchun suratlardagi telefonlarni o‘chirib chiqdi

AQShning Nyu-York shahrida yashovchi fotograf Erik Pikersjil insonlarning mobil uskunalarga qanchalik ruju qo‘ygani muammosiga e'tibor qaratdi.

Fotograf kafelarning birida bugun odatiy holga aylanib qolayozgan oilaviy sahnaning guvohi bo‘ldi: ota va ikki qiz bir stol atrofida o‘tirib, o‘z telefonlari bilan band, ona esa yolg‘iz qolgan insondek oyna orqali tashqariga ma'yus tikilmoqda.

Shunda Erik o‘zi guvoh bo‘lgan zamonaviy muammoga bag‘ishlangan «Removed» («o‘chirib tashlangan») fotoloyihasini amalga oshirishga kirishdi. U odamlarni odatiy kundalik yumushlarini bajarayotganda tasvirga olib, so‘ngra qo‘llaridagi barcha elektronikalarni “olib qo‘ydi”.