London meri regbi o‘yini paytida 10 yoshli yaponiyalik bolani turtib yubordi
Yaponiyaga tashrif buyurgan London meri Boris Jonson yapon bolalari bilan regbi o‘ynashga qaror qildi. O‘yin davomida Jonson o‘yinga berilib ketib, 10 yoshli Toki Sekiguchi ismli bolani butun vujudi bilan turtib yubordi.
Bola yerga qattiq urildi, biroq o‘yinni davom ettira oldi. O‘yindan keyin mer bolaning yoniga kelib uning ahvoli haqida so‘rab, bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsizlikdan afsusdaligini aytdi.
Bundan xabar topgan britaniyaliklar merning bu “qilg‘ilidan” hech ham ajablanishmadi, chunki Jonson o‘zining ajobtovur xarakteri bilan ajralib turadi.
London meri London bo‘ylab ko‘pincha yashil rangdagi shlem kiyib olgancha velosipedda, tansoqchilarsiz harakatlanib yuradi. Mer ish paytida galstuk taqishni o‘ziga ep ko‘rmaydi hamda sport kurtkasi va orqasida ryukzak bilan bamaylixotir ko‘chalarda yuraveradi.