Sport | 06:51 / 04.11.2015
4620
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi, A guruhi: “Real” “PSJ”ni minimal ustunlik bilan, “Shaxtyor” esa “Malmyo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida A guruhida navbatdagi 2 uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Birinchi uchrashuvda Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “PSJ”ni 1:0 hisobida yutdi.

Parijliklar joriy Chempionlar Ligasidagi birinchi to‘plarini o‘tkazib yuborishdi: uchrashuvdagi yagona to‘pni Nacho 35-daqiqada o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Shu tariqa “qirollik klubi” 10 ochko to‘plab, musobaqaning pley-off bosqichida ishtirok etishni o‘ziga ta'minlab qo‘ydi.  

Chempionlar Ligasi, A guruhi, 4-tur

Real (Madrid) – PSJ (Parij) – 1:0

Gollar: Nacho, 35 (1:0). 

Parallel uchrashuvda Ukrainaning “Shaxtyor” klubi Shvetsiyaning “Malmyo” klubini o‘z maydonida kutib oldi hamda Aleksandr Gladkiy, Dario Srna, Eduardo va Aleks Teysheyraning to‘plari evaziga 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

 

Shaxtyor (Donetsk) – Malmyo (Malmyo) – 4:0

Gollar: Gladkiy, 29 (1:0); Srna, 48 (2:0, pen); Eduardo, 55 (3:0); Teysheyra, 73 (4:0).

Chetlatish: Arnason, 89 (Malmyo) 

4-turdan keyin A guruhidagi musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. “Real” — 10 ochko; 2. “PSJ” — 7; 3. “Shaxtyor” — 3; 4. “Malmyo” — 3.