Sport | 07:19 / 05.11.2015
4551
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL, «Ye» guruhi: «Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozondi

4 noyabr oqshomida Yevropa chempionlar ligasining 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
"Ye" guruhi vakili "Barselona" o‘z maydonida BATEni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Kataloniyaliklar bu o‘yinda katta kuch sarflab o‘tirishmadi. O‘yin va futbolchilarning mahorati tomonlama belaruslardan ustun bo‘lgan "Barsa" o‘zi yaratgan imkoniyatlarning 3tasidan unumli foydalandi. Neymar "dubl"ga erishgan bo‘lsa, yana bir golni Suares o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona"ning ochkolari 10taga yetdi. "Roma" o‘z uyida "Bayyer" ustidan qiyin g‘alabaga erishdi va ochkolarini 5taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

YeChL, "Ye" GURUHI, 4-TUR

Barselona Ispaniya – BATE Belarus 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 30, penalti Neymar, 2:0 – 60 Suares, 3:0 – 83 Neymar.
Barselona – ter Stegen, Vermalen, Adriano, Dani Alves, Rakitich (Munir, 20), Buskets (Gumbau, 76), Inesta (Bartra, 68), Maskerano, Serji Roberto, Neymar, Suares.
BATE – Chernik, Milunovich, Gayduchik, Mladenovich, Volodko (Rios, 78), Volodko (Nikolich, 68), Yablonskiy, Gordeychuk, Stasevich, Polyakov, Mozolevskiy (Gleb, 61).
Ogohlantirishlar: Mladenovich (30), Mozolevskiy (44), Dani Alves (51), Nikolich (80).


Roma Italiya – Bayyer Germaniya 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 2 Salah, 2:0 – 29 Jyeko, 2:1 – 46 Mexmedi, 2:2 – 51 Ernandes, 3:2 – 80, penalti Pyanich.
Roma – Shchensni, Ryudiger, Manolas, Din, Florentsi (Maykon, 56; Torosidis, 76), Nainggolan, de Rossi, Salah, Pyanich, Jyervino (Iturbe, 68), Jyeko.
Bayyer – Leno, Ta, Toprak, Vendell, Papadopulos, Chalxanoglu, Kampl, Donati, Kissling (Belarabi, 46; Kramer, 73), Ernandes, Mexmedi (Brandt, 88).
Ogohlantirishlar: Papadopulos (61), Torosidis (90), Shchensni (90).
Chetlatish: Toprak (79).