2015 yil: "Barselona"ning porloq g‘alabalaridan Mourinoning qulashigacha
Kun.uz sayti yakunlanib borayotgan 2015 yilda futbol olamida ro‘y bergan muhim va unutilmas voqealarni eslab o‘tadi.
Biz o‘tgan yilda "Barselona"ning Yevropadagi hukmronligini, "Sevilya" bu safar ham Yevropa Ligasi g‘olibligini hech kimga bermagani, FIFAdagi poraxo‘r amaldorlarning kirdikorlari fosh bo‘lishini, Chilida o‘tgan Kopa Amerikani, Gollandiya Yevro-2016 turniridan quruq qolgani, Fransiya maydonlarida o‘tadigan chempionat uchun qur'a tashlanishi, Blatter va Platini 7 yilga futboldan chetlatilishi, futbolchilar bir qator rekordlarni yangilashiyu yil so‘ngida murabbiylarning almashishi, xususan "Chelsi" Mourinoni ketkazishi va Gvardiola "Bavariya"dan ketishga qaror qilishiga guvoh bo‘ldik. Quyida shular haqida batafsil.
"Barselona": "Yengilmas jamoa"
2015 yil ham kataloniyaliklar uchun ataldi. "Ko‘k-anorranglilar" o‘z tarixlaridagi eng omadli mavsumlardan birini o‘tkazishdi. Bu asosan jamoaning hujum uchligi, argentinalik Messi, urugvaylik Suares hamda braziliyalik Neymarning bir jamoada harakatlanishi evaziga yuz berdi. Garchi yil boshida bosh murabbiy Luis Enrike va asosiy futbolchi Lionel Messining munosabatlari sovuqlashgani haqida xabarlar chiqqan bo‘lsada, ko‘p o‘tmasdan bu gaplar unutildi va jamoa muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatishda davom etdi.
2014-15 yillar mavsumida "Barselona" avvaliga Ispaniya chempionligini, keyin Ispaniya Kubogini va nihoyat Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi va "trebl" qayd etdi. Bu jamoaning keyingi olti mavsumdagi uchinchi xet-trigi bo‘ldi.
Bu mavsumda kataloniyaliklar 122ta gol urishib, o‘z rekordini qayd etdi.
Avgust oyida jamoa muzeyiga yana bir sovrin olib kelindi, Tbilisida o‘tgan Yevropa Superkubogi uchun uchrashuvda "Sevilya" mag‘lub etildi. Dekabrda esa Yaponiyada o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "River Pleyt" jamoasi mag‘lub etilib, sovrinlar soni yana bittaga ortdi. Jamoa Ispaniya Superkubogi uchun avgustda o‘tkazilgan birinchi bahsda 0:4 hisobida yutqazgandi va amalda bu sovrindan mahrum bo‘lgandi.
"Real" va Xudbin qirol
2015 yilda "Barselona"ning asosiy hujumchisi Lionel Messining asosiy raqobatchisi, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning shaxsiy hayotida uning sportchilik faoliyatidagidan ko‘ra ko‘proq voqealar ro‘y berdi. U "Real"ning muvaffaqiyatsizliklariga parallel ravishda o‘zining shaxsiy sovrinlari kolleksiyasini "to‘plar" va "butsalar" bilan to‘ldirishda davom etdi. U fevralda ma'shuqasi Irina Sheyk bilan ajrashdi va shundan keyin yil bo‘yi uning nomini turli ayollar bilan bog‘lashdi. U goh o‘ziga shaxsiy samolyot, goh dunyoning turli chekkalaridan qimmatbaho villalar yoki penthauslar xarid qildi, bir oy oldin esa uning hayoti bo‘yicha ishlangan hujjatli film taqdimoti o‘tkazildi.
"Real" esa bu vaqtda jamoada bosh murabbiyni almashtirdi. Karlo Anchelotti ketkazilib, uning o‘rniga Italiyada hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagan, himoyaviy taktikalari bilan tanilgan mutaxassis Rafael Benites olib kelindi. Xuddi shu vaqtda, o‘tgan mavsum yakunida jamoada uzoq yillar davomida o‘ynagan, "Birinchi Galaktikos" davrining so‘nggi vakili, haqiqiy madridista Iker Kasilyas yig‘lab-yig‘lab "Santyago Bernabeu"ni tark etdi.
Iyul oyida jamoa International Champions Cup-2015 turnirida ishtirok etdi.
Yozgi transferlarning oxirida esa "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xeaning transferi "kompyuterdagi buzilish" tufayli amalga oshmay qoldi.
Dekabrda esa Ispaniya kubogi doirasida jamoa navbatdagi mashmashaga duch keldi. "Kadis"ga qarshi uchrashuvda diskvalifikatsiyasi bor futbolchi Denis Cherishevni maydonga tushirgan jamoa oxir-oqibat turnirdan chetlatildi. Bu esa jamoaning ashaddiy raqibi "Barselona" a'zosi Xerard Pikening kulgulariga sabab bo‘ldi.
Bungacha esa ikki jamoaning yangi mavsumdagi ilk bahsi madridliklarning o‘z maydonida 0:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangandi.
"Sevilya" va Emeri
Andalusiyaliklar jamoasi Yevropa Ligasi kubogini to‘rtinchi marta qo‘lga kiritgach, bu boradagi yagona jamoa sifatida tarixga kirdi. Bu sovrinlardan keyingi ikkitasi Unay Emeri boshqaruvida qo‘lga kiritilgan. 2014 yilda "Sevilya" turnir finalida penaltilar seriyasida "Benfika"ni mag‘lub etgandi, 2015 yilda esa Varshavada o‘tkazilgan final "Dnepr"ning taslim etilishi bilan yakunlandi. Bu natija uchun katta hissa qo‘shgan kolumbiyalik hujumchi Karlos Bakka yozda "Milan"ga transfer qilindi. Natijada jamoaning ayni vaqtda ishlari yurishmayapti, "Sevilya" joriy mavsumning birinchi davrasidan keyin La Liga turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yevropa Superkubogi. Tbilisi finali
Ispaniya vakillari "Barselona" va "Sevilya" YeChL hamda Yevropa ligasi g‘oliblari sifatida avgust oyida Tbilisi shahrida futbol spektaklini namoyish etib berishdi. Messi va uning kampanisi avvaliga 4:1 hisobida oldinda bormoqda edi. Lekin ikkinchi taymda aqlbovar qilmas voqealar ro‘y bera boshladi va hisob tenglashib qoldi. Faqat qo‘shimcha daqiqalarda keyinchalik "Chelsi"ga sotib yuborilgan Pedroning urgan goli "Barselona"ni sharmandalikdan qutqarib qoldi.
FIFA mojarolari (1 qism)
Hammasi odatdagidek ketmoqda edi. 29 may kuni FIFA prezidentligi uchun navbatdagi saylovlar o‘tkazildi. Saylov arafasida g‘alaba qilishiga ko‘p umid bog‘langan iordaniyalik shahzoda Ali birinchi turdan keyinoq mag‘lubiyatini tan olib, o‘z nomzodini qaytarib oldi. Shu tariqa Yozef Blatter FIFA prezidentligiga qayta saylandi. Lekin 2 kun o‘tib, u o‘zining muddatidan oldin iste'foga chiqishini ma'lum qildi. Bunga 27 may kuni, saylovdan 2 kun oldin Shveytsariya politsiyasi FIFA amaldorlarini poraxo‘rlikda gumon qilib, qo‘lga olgani sabab bo‘ldi.
Chili. Amerika Kubogi
"Sovrinsizlikning 105 yili". Chili terma jamoasi 1 asrdan ortiq vaqt kutilgan sovriniga ega chiqdi. Terma jamoa iyul oyida o‘zi mezbonlik qilgan Amerika Kubogi turnirida munosib ishtirok etdi va finalda Argentina ustidan g‘alaba qozondi.
Messi esa terma jamoasi bilan omadsiz yana bir uchrashuvni o‘tkazdi.
Manzilga yetmasdan tushib qolgan Gollandiya
"Qizil lolalar yurti" jamoasida avlodlar almashinuvi og‘riqli kechmoqda. Bu terma jamoa Fransiya mezbonlik qiladigan Yevro-2016 turniri uchun saralash bosqichini avvaliga Guus Xiddink murabbiyligida, keyinroq Danni Blind boshqaruvida muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi va guruhda to‘rtinchi o‘rinni egallab, yo‘llanmadan ham, yo‘llanma uchun imkon beradigan pley-offdan ham quruq qoldi.
2014 yilni FIFA reytingining birinchi o‘rnida yakunlagan terma jamoa bu yilda bu o‘rinni qo‘shnisi Belgiyaga bo‘shatib berdi.
Yevro-2016, YeChL, Yevropa Ligasi va JCh-2018 turnirlari uchun qur'a tashlash marosimlari
Yevro-2016 turniri uchun qur'a tashlandi
JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash: Yevropa
JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash: Janubiy Amerika
JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash: Okeaniya
JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash: KONKAKAF
JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash: Afrika
FIFA mojarolari (2 qism)
21 dekabr kuni bir necha oy davomida olib borilgan tekshiruvlardan keyin FIFA axloq qo‘mitasi FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter va UYeFA prezidenti Mishel Platinini korrupsiyada ayblab, 7 yilga futboldan chetlashtirdi.
FIFAning yangi prezidentini aniqlash uchun 2016 yilning 26 fevralida saylov o‘tkaziladi va unda Blatter ham, Platini ham ishtirok eta olmaydi.
Blatter va Platini 7 yil muddatga futboldan chetlatilishi mumkin
Platini Blatterdan kelishuv xatisiz 2 mln frank olganiga iqror bo‘ldi
Blatter FIFA prezidentligidan 90 kunga chetlashtirildi
Blatter va Platini 8 yilga futboldan chetlatildi
Blatter futbolni tark etganini e'lon qildi
APLda murabbiylar iste'fosi: Mourinoning ketishi
APLda dastlab "Liverpul" murabbiyni iste'foga chiqarishni boshlab berdi. 7 turdan keyin Brendan Rojyers ishdan bo‘shatilgach, "Sanderlend" ham Dik Advokatga javob berdi. Uchinchi iste'foni esa "Aston Villa" amalga oshirdi. 10 turdan keyin so‘nggi o‘rinda qolayotgan jamoa Tim Shervud bilan xayrlashdi va fransiyalik mutaxassis Timi Gaardni olib keldi.
Mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlagan "Chelsi" esa vaziyat o‘nglanishiga uzoq vaqt umid qildi. Lekin, 16 dekabrda Joze Mourino ishdan bo‘shatildi. U jamoani tark etayotgan vaqtda "Chelsi" APLning 16 o‘rnida edi.
"Chelsi" Joze Mourinoni iste'foga chiqardi
"Chelsi" Mourinoga muddatidan oldin shartnomani buzgani uchun 12 mln funt tovon puli to‘laydi
Mourinoning hayotidagi eng yomon mavsum. Uning haydalishiga kimlar sababchi bo‘ldi?
Kemeron Mourinoga Angliyada yangi ish uchun 740000ta variant taklif qildi
Klarkson Mourinoni Amazon`da ishlashga taklif etdi
"Chelsi" rahbariyati Mourino ishdan bo‘shatilishining asosiy sababini aytdi
«Chelsi» futbolchilari Mourinoning oxirgi mashg‘ulotida mushtlashib ketdi
The Sun: Mourino "MYu"ni boshqarishga tayyorligini bildirdi
Mourinoning agenti "MYu" bilan kelishuv haqidagi xabarlarni inkor qildi
Mourino Ispaniyaga qaytishi mumkin
Joze Mourino hech qaysi jamoa bilan muzokara olib bormayotgani ma'lum qilindi
Gvardiola "Bavariya"da ishlashdan zerikdi
"Bavariya" har mavsumda bundesligada tengsiz va Gvardiolaga qiladigan ish qolmadi. O‘z vaqtida u "Barselona"da ham g‘alabalardan zerikib, ketishga qaror qilgandi. U 2016 yilning yozida Angliyada ish boshlashi mumkin. Yoki "Manchester Siti"da, yoki "Chelsi"da yoki "Manchester Yunayted"da.
Gvardiola "Bavariya"dan ketishga qaror qildi
“Bavariya” yozda Anchelotti Gvardiola o‘rnini egallashini rasman tasdiqladi
Kicker: Gvardiola yozda «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyiga aylanadi
Gvardiola «Manchester Siti»da «Bavariya»dagidan 2 barobar ko‘p maosh oladi
Gvardiolaning «Bavariya»dan ketishi sababi ma'lum qilindi
Gvardiola «Manchester Siti»ga kelgach, birinchi bo‘lib Neymarni sotib olmoqchi, keyin esa Suaresni
Xosep Gvardiola: «Manchester Siti»ga Vardini sotib oladigan darajada ahmoq emasman
Levandovski Gvardiolaning ketishi haqida: U barcha uchun eng yaxshi yechimni biladi
2015 yil raqamlari
8 marta chempionlik Bastian Shvaynshtayger kolleksiyasidagi bundesligadagi titullari soni shuncha. U bu orqali germaniyalik Oliver Kan va Mehmet Shollni ortda qoldirdi. U bu chempionliklarning 3tasiga "Bavariya" safida erishgan.
1501 kun o‘tib "River Pleyt" Argentina quyi ligasidan qaytdi va Janubiy Amerika chempioniga aylandi va trebl qayd etdi. Mamlakat chempionligidan va kubogidan tashqari, Libertadores kubogi qo‘lga kiritildi.
5 ta gol 8 daqiqayu 59 sekund ichida. "Bavariya"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski "Volfsburg"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, shunday natijani ko‘rsatdi. U bu natijasi uchun Ginnes Rekordlar kitobiga kirdi.
50ta gol Angliya terma jamoasi safida. Bu Ueyn Runiga tegishli. U 1970 yillarda Bobbi Charlton tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.
110 ta gol PSJ safida. Bu ko‘rsatkich parijliklarning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrohimovichga tegishli. U oktabr oyidayoq shunday natijani qayd etish orqali parijliklarning shu vaqtgacha eng yaxshi hujumchisi sifatida tilga olinib kelingan Pedru Pauleta rekordini yangiladi.
324 ta gol "Real" safida. Ronaldu madridliklar jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchiga aylanib oldi. U oktabr oyida "Levante" darvozasiga gol urish orqali Raulning rekordini yangiladi. Buning uchun u "Real" safida 310ta o‘yin o‘tkazdi, Raul o‘z natijasini qayd etish uchun 741 uchrashuvda maydonga tushgandi.
100 ta "quruq o‘yin". Iker Kasilyas Angliya terma jamoasiga qarshi o‘yindan keyin xalqaro maydonlarda 100ta o‘yinda o‘z darvozasini "quruq" saqlagan ilk darvozabonga aylandi. U Ispaniya terma jamoasi safida 165ta o‘yinda maydonga tushgan.
11 oyu 21 kun. Shuncha vaqt davomida "Portu" jamoasi o‘z uy o‘yinlarida gol o‘tkazmadi. Dekabr oyida "Pasush de Fereyra" jamoasi a'zosi Brunu Moreyra "ajdarlar"ning 16ta uy o‘yinidan iborat "quruq seriyasi"ga yakun yasadi. Oxirgi marta "Dragau" stadionida "Braga" hujumchisi Eder Lima 2014 yilning dekabrida gol urgandi. U allaqachon Portugaliyani tark etib, "Suonsi" safiga o‘tib ketgan.
11 ta ketma-ket o‘yinda urilgan gollar. APLda mavsum kashfiyoti bo‘lgan "Lester" hujumchisi Jyeymi Vardi shu vaqtgacha Ruud van Nistelroyga tegishli bo‘lgan rekordni yangiladi.