Jahon | 23:51 / 04.01.2016
10283
1 daqiqa o‘qiladi

Qutqaruv nimchalaridan tasvirlantirilgan ulkan tinchlik ramzi (foto)

1 yanvar kuni o‘nlab volontyorlar va ijtimoiy tashkilotlar xodimlari har kuni minglab qochqinlar keladigan Lesbos orolidagi vodiyga yig‘ilishib, qutqaruv nimchalaridan ulkan tinchlik ramzini tasvirlashdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.

Ushbu ramz muhojirlar tomonidan Molivos qishlog‘iga tashlab ketilgan uch mingta qutqaruv nimchasidan shakllantirildi.

“Cheagara bilmas shifokorlar” tashkiloti xodimlari Greenpeace xodimlari bilan birgalikda ushbu qirg‘oqqa yetib kela olmaganlar xotirasiga ushbu ramzni ifodalashganini aytib o‘tishdi.