Fan-texnika | 00:21 / 05.01.2016
8453
2 daqiqa o‘qiladi

CES-2016: Samsung gibrid muzlatkich va boshqa yangi texnologiyalarini taqdim etdi

Ko‘rgazmaning ochilishiga hali vaqt bor bo‘lsada, ayrim kompaniyalar o‘z yangiliklariga allaqachon sha'ma qilishga tushishdi. Masalan, Samsung. Kompaniya tomonidan taqdim etilgan eshigida planshetga ega gibrid muzlatkich CES-2016 ko‘rgazmasining asosiy eksponatlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. U Android tizimida ishlaydi.

Samsung Creative Lab bo‘linmasi tomonidan Welt — "aqlli kamar” gadjyeti egasi tomon necha qadam tashlangani, qancha miqdorda kaloriya qabul qilgani va yuqotgani, shuningdek, qancha vaqt kresloda o‘tirganini hisoblab beradi.

 

Rink gadjyeti esa qo‘llarga taqiladi va u kontroller vazifasini o‘taydi.

TipTalk —"aqlli tasma”si esa Gear S2 ga o‘xshash soatlarni nafaqat qo‘lda ushlab turadi, masalan, qo‘ng‘iroq bo‘lib qolganida qo‘llarni quloqqa olib borish bilan qo‘ng‘iroqqa javob berish imkonini beradi.