Jamiyat | 10:23 / 05.01.2016
11184
2 daqiqa o‘qiladi

Shohjahon Jo‘rayevning “Tillo uzuk” taronasiga klip tasvirga olindi

Iste'dodli xonanda Shohjahon Jo‘rayev o‘z muxlislariga navbatdagi taronasiga ishlangan klipni taqdim etdi. “Tillo uzuk” deb nomlangan qo‘shiq matni Ahad Qayum qalamiga mansub bo‘lsa, unga san'atkorning o‘zi kuy bastaladi.

Tillo uzuk, gapir endi, tillo uzuk,
Buzildimi taqdir endi, tillo uzuk?
Guvoh bo‘lding bugun yolg‘on nikohga sen,
To‘y o‘timi axir endi, tillo uzuk?

Yolg‘on muhabbat azobini totgan oshiqning shu kabi qalb kechinmalari ifoda etilgan qo‘shiqqa taniqli klipmeyker Shuhrat Mavlonov tomonidan klip suratga olindi. Klipni tomosha qilar ekansiz, undagi har bir sahna qo‘shiq matni, undagi dardu nolalarga hamohang ekanini his etasiz. Avvaliga ikki oshiq-ma'shuqning beg‘ubor, maftunkor sevgisiga guvoh bo‘lsangiz, voqealar rivoji siz istamagan tomonga rivojlanib boradi: qiz chin muhabbatdan mol-dunyoni afzal ko‘radi.

Mazkur klipni saytimiz orqali birinchilardan bo‘lib tomosha qilishingiz mumkin.