Sport | 17:48 / 05.01.2016
8134
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan 6 mingga yaqin muxlis qarshisida "Real" bosh murabbiyi sifatidagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

"Real" klubi futbolchilari yangi murabbiy Zinedin Zidan qo‘l ostidagi birinchi mashg‘ulotni o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlar "Alfredo di Stefano" stadionida o‘tib, jurnalistlar va muxlislar uchun ochiq bo‘ldi. 6500 kishiga mo‘ljallangan o‘yingoh tomoshabinlar bilan liq to‘ldi.

Muxlislar yangi murabbiyni gulduros qarsaklar bilan kutib olishgan.

Kichik jarohat tufayli yarim himoyachi Garet Beyl mashg‘ulotda ishtirok eta olmagan va shaxsiy dastur bo‘yicha trenajyerlar zalida ishlagan.

Boshqa futbolchilar esa umumiy guruhda shug‘ullanishgan.