Fan-texnika | 14:43 / 06.01.2016
5847
1 daqiqa o‘qiladi

CES-2016: Oree Stylograph - misdan yasalgan “aqlli ruchka”

Las-Vegasdagi CES-2016 ko‘rgazmasida sof misdan tayyorlangan Oree Stylograph “aqlli ruchka”si namoyish etiladi.

 Qurilma Bluetooth yordamida Android yoki iOS orqali boshqariladigan smartfon bilan “muloqot”ga kirishib, foydalanuvchi maxsus qog‘ozga yozayotgan ma'lumotlarni mobil ilovaga yetkazib beradi.

Ruchka uchun mo‘ljallangan maxsus qog‘ozda Oree Stylograph kamerasi kuzatishi uchun chiziq va nuqtachalar joylashtirilgan bo‘lib, ularni hisob-kitob qilish orqali yozuv raqamlashtiriladi. Oddiy qog‘ozga ham yozishi mumkin, lekin kamera uni “o‘qimaydi”.

Qog‘ozning 190 sahifasi 25 dollar bo‘lsa, qurilma — ruchka va yon daftar 420 dollarga baholangan.