Sport | 08:51 / 07.01.2016
4671
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya Liga kubogi yarim finalida «Manchester Siti» «Everton»ga yutqazdi

6 yanvar oqshomida Angliya Ligasi kubogi turnirining 1/2 final bosqichidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv o‘tkazildi.

“Everton” hamda “Manchester Siti” klublari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Dastlab, birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Funes Mori hisobni ochdi. O‘yinning 76-daqiqasiga kelib, Xesus Navas muvozanatni tikladi.
Lekin, oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Romelu Lukaku hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi. Final hushtagiga qadar aynan shu hisob tabloda saqlanib qoldi.

"Everton" – "Manchester Siti" 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 45 Funes Mori, 1:1 – 76 Navas, 2:1 – 78 Lukaku.
"Everton" – Robles, Stounz, Beyns, Koulmen, Funes Mori, Barkli, Beshich, Kleverli (Osman, 46), Berri, Deulofeu (Miralyas, 68), Lukaku (Kone, 82).
"Manchester Siti" – Kabalero, Otamendi, Klishi, Sanya, Mangalya (Demichelis, 46), Fernandino, Delf (Navas, 54), Ture, Silva, de Bryuyne (Fernando, 90), Aguero.
Ogohlantirishlar: Delf (51)

5 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan "Stok Siti" va "Liverpul" jamoalari bahsida mehmonlar g‘alaba qilishgandi.

"Stok Siti" – "Liverpul" 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 37 Ayb.
"Stok Siti" – Batlend, Vollshayd, Shoukross, Piters, Kemeron (Uolters, 46), Shakiri (Krauch, 83), Uelan, Arnautovich, Afellay, Jonson, Krkich (Xoselu, 69).
"Liverpul" – Minole, Ture, Moreno, Klayn, Lovren (Milner, 34), Lallana, Djan, Koutino (Ayb, 18), Allen (Benteke, 79), Firmino, Leyva.
Ogohlantirish: Minole (73).

Javob uchrashuvlari 26-27 yanvar kunlariga belgilangan.