Sport | 12:50 / 07.01.2016
5680
2 daqiqa o‘qiladi

Arda Turan "Espanol"ga qarshi o‘yinda "Barselona" jamoasida debyut qildi

"Barselona" jamoasi safida Ispaniya Kubogi doirasida "Espanol"ga qarshi kechgan uchrashuvda 2015 yilning yozida xarid qilingan ikki futbolchi Arda Turan va Aleish Vidal debyut qilishdi.

Bu futbolchilar FIFAning "Barselona"ga qo‘llagan taqiqi tufayli jamoa safida o‘yinlarga tusha olmasdan kelishayotgandi.

Kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turan asosiy tarkibda o‘yinni boshlagan va 68 daqiqada o‘z o‘rnini Rakitichga bo‘shatib bergan. Aleish Vidal esa 67 daqiqadan boshlab o‘ng qanot himoyachisi Dani Alvesh o‘rnida harakat qilishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA 2014 yilda voyaga yetmagan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgani uchun "Barselona"ga jazo tayinlagan, unga ko‘ra jamoa 1,5 yil davomida yangi futbolchilarni o‘yinlarga qo‘ya olmas edi.

2016 yilning birinchi kunidan boshlab, bu taqiq kuchini yo‘qotdi va "Barselona" birdaniga turli yosh toifalaridagi jamoalariga 77 nafar futbolchini qaydnomadan o‘tkazdi.


Arda Turon "Barselona" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

FIFA Ispaniya futbol federatsiyasiga Arda Turonni yangi mavsumga arizaga kiritishga ruxsat bermadi

Luis Enrike Arda Turon ijaraga berilmasligini ta'kidladi