Fan-texnika | 17:37 / 08.01.2016
5703
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya kompaniyasi Apple Watch dizaynidagi 25 ming dollarlik mexanik soatni taqdim etdi

Shveytsariyaning H. Moser & Cie kompaniyasi dizayni Apple Watch uslubida ishlab chiqilgan Alp Watch (“Alp soatlari”) deb nomlangan soatni taqdim etdi. 24900 dollarlik soat haqidagi xabarni soatlarga bag‘ishlangan Hodinkee blogi tarqatdi.

Kompaniyaning qayd etishicha, mazkur soatni murvatini aylantirish orqali “quvvatlash” mumkin. mazkur texnologiya ortida “ikki yuz yillik tadqiqotlar va ishlanmalar yotadi”.

Malumotlarga ko‘ra, H. Moser & Cie Alp Watch soatining 50 nusxasini ishlab chiqmoqchi. Uning oq oltindan tayyorganlar namunasi esa 24,900 dollardan sotiladi.