Jamiyat | 08:51 / 09.01.2016
16604
2 daqiqa o‘qiladi

21ta eng alomat ta'm

Bugungi kunda yirik oziq-ovqat tashkilotlari butun dunyoga o‘z mahsulotlarini eksport qiladi. Ammo ular barcha davlatlarga aynan bir xil mahsulot yetkazib beradi deb o‘ylasangiz, adashasiz.

Ma'lumki, turli mamlakatlar, mintaqalar asrlar mobaynida shakllanib borgan o‘ziga xos oshxonasiga ega. Turli mintaqalarda a'lo ta'm haqidagi qarashlar keskin farqlanishi mumkin.

Oziq-ovqat sanoatining yirik vakillari mana shunday qarashlarni e'tiborga olgan holda antiqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Quyida ularning ba'zi birlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1. Yaponiya: Pepsi ta'mli yogurt.

2. Yaponiya: vasabi ta'mini beruvchi KitKat.

3. Kanada: pitssa va spagetti ta'mini beruvchi ichimliklar.

4. Osiyo: dengiz qisqichbaqasi, dengiz o‘tlari va qovurilgan krevetka ta'mini beruvchi Pringles chipslari.

5. Xitoy: ko‘k choyli Oreo pechenesi.

6. Yaponiya: mevali muzqaymoq ta'mini beruvchi spagetti.

7. Rossiya: kapuchino ta'mli Pepsi.

8. Ot go‘shti ta'mini beruvchi muzqaymoq.

9. Yaponiya: yupqa (blinchik) ta'mini beruvchi ichimlik.

10. Yaponiya: qovurilgan jo‘xori ta'mli KitKat.

11. Singapur: vasabi va dengiz o‘tlari qo‘shilgan pishloqli kulcha.

12. Yaponiya: kalmar siyohi qo‘shilgan burger.

13. Xitoy: baliq sho‘rvasi ta'mli Lay’s chipslari.

14. Turkiya: yogurtli va yalpizli Doritos chipslari.

15. Daniya: Pepsi-moxito.

16. Hindiston: yalpiz va laym ta'mini beruvchi Lay’s chipslari.

17. Yaponiya: pomidor va sabzi ta'mli Häagen-Dazs muzqaymoqlari.

18. Yaponiya: o‘tkir tomatli kulcha.

19. Yaponiya: avokado salati ta'mini beruvchi Cheetos chipslari.

20. Yaponiya: sosiska va pivo ta'mli Doritos chipslari.