Jamiyat | 16:56 / 09.01.2016
4887
1 daqiqa o‘qiladi

Viskonsinlik yigitlar mushakbozlik uyushtirib, 45 sekundda mingta “o‘q uzish”ga erishishda

Viskonsin shtatining Saus Miluoki shahrida istiqomat qiluvchi ikki yigit plyajga chiqib, Rim shamlaridan iborat o‘ziga xos “pulemyot”ni sinovdan o‘tkazishdi. Ular plastik quvurga 7ta Cyber Cannon mushaklarini (har biri 143 marta “otadi”) mustahkamlab, piliklarni yoqishdi. Bunday yo‘l bilan yasalgan “qurol” 45 sekundda 1001 marta “o‘q uzdi”.

Internetga joylashtirilgan videoga qoldirilgan sharhlarda tomoshabinlardan biri mahalliy ma'muriyat mushakbozlik tashkilotchilarini qidirayotganini aytib o‘tdi. Bunga javoban video muallifi ma'muriyat bilan uchrashib bo‘lganini ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, hokimiyat vakillari hech qanday jazo tayinlamay, og‘zaki tanbeh bilan cheklangan.

Aytilishicha, mushakbozlik bog‘ hududida uyushtirilgan, bu esa mahalliy qonunchilik bo‘yicha man qilingan.