Jamiyat | 18:15 / 11.01.2016
4517
1 daqiqa o‘qiladi

"Ozod Jons shtati" filmi treyleri chiqarildi

Internetda harbiy-tarixiy janrdagi "Ozod Jons shtati" filmi uchun ishlangan treyler paydo bo‘ldi. Bosh rolni Mettyu Makkonaxi ijro etgan bu film treyleri YouTube portaliga joylashtirilgan.

Film AQShda 19asrda bo‘lib o‘tgan fuqarolik urushlari haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon fermer Nyuton Nayt Konfederatsiya armiyasidan qochgan qullar va kambag‘allarga boshchilik qilib, mayda fermerlar va qullar bilan birgalikda alohida shtat tuzish yo‘lida kurash olib boradi.

Film 2016 yilning 7 aprelida premera qilinishi kutilmoqda.