Sport | 13:13 / 11.01.2016
18995
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rashidov hovlisida "eng zo‘r mashg‘uloti"ni o‘tkazdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Qatarning «Al-Jaish» jamoasi a'zosi Sardor Rashidov to‘p bilan g‘aroyib tarzda mashg‘ulot o‘tkazdi. U o‘zining Instagram’dagi sahifasiga ovcharka zotiga mansub it bilan o‘tkazgan mashg‘uloti videosini joylashtirgan va videoga «Eng zo‘r mashg‘ulot» deb nom bergan.

Videoda o‘z hovlisida futbolchi kichik to‘p bilan mashq qilayotgani, ovcharka esa undan to‘pni olib qo‘yishga urinib, ortidan chopayotganini ko‘rish mumkin.
Sardor esa itni chaqqon aldamchi harakatlar bilan chalg‘itgan va to‘pni unga berib qo‘ymagan.