Jamiyat | 15:04 / 12.01.2016
15707
1 daqiqa o‘qiladi

Di Kaprio Ledi Gagaga tashlagan nigohidan qizarib ketdi

Hollivud aktyori Leonardo di Kaprio Oltin globus topshirish marosimidagi harakatlari aks etgan videoni ko‘rib, uyalib ketdi, deb xabar beradi BuzzFeed portali.

Internetda paydo bo‘lgan bir rolikda ko‘rsatilishicha, di Kaprio marosimda o‘tirganida uning yonidan Ledi Gaga o‘tib ketgan va aktyorni “qo‘rqitib” yuborgan. Bu video internetda chinakam xitga aylandi.

Ta'kidlanishicha, ushbu rolikni ko‘rgan di Kaprio uyatdan qizarib ketgan. “Bu trendga chiqdimi?”, - deb so‘ragan u jurnalistdan. So‘ng u aslida nima bo‘lganini tushuntirib bergan.

“Aslida men yonimdan nima o‘tayotganini bilmagan edim”, - ta'kidladi di Kaprio.
Di Kaprioning bu intervyusi YouTube’da 660 ming marta tomosha qilindi.