Jamiyat | 21:50 / 12.01.2016
16572
2 daqiqa o‘qiladi

Shahzodaning “Baron” filmiga ishlangan klipi e'lon qilindi

12 yanvar kuni tarmoqda Shahzodaning rejissyor uchun ishlangan klipi e'lon qilindi. Mazkur klipni o‘zbek kino tarixida o‘ziga xos yangilik deya hisoblanayotgan “Baron” kartinasining treyleri sifatida qabul qilsa ham bo‘ladi.

Klipda filmdan ayrim parchalarni ko‘rish orqali u haqda dastlabki taassurotga ega bo‘lishingiz mumkin. Klipda kuylangan “Sirdoshim” deb nomlangan qo‘shiq matni va musiqasi esa Nodira Abdulazizovaga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Sa'diyevning “Baron” filmida mashhur gollivud aktyori G‘asson Ma'sud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluchniy va “Brigada” serialida rol ijro etgan Farhod Mahmudov ham filmda qatnashgan.

Avvalroq esa Kun.uz sayti “Baron” filmi to‘g‘risida uning rejissyori Rustam Sa'diyevdan intervyu olgan edi. Mazkur suhbatni quyidagi havol orqali mutolaa qilib, ushbu kartina to‘g‘risida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.