Sport | 00:26 / 12.01.2016
12232
2 daqiqa o‘qiladi

Uendell Liraning goli «Yil goli» deb topildi

Tsyurixda bo‘lib o‘tgan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida «Oltin to‘p» o‘z sohibiga topshirilishidan oldin o‘tgan yilning eng chiroyli goli aniqlandi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Braziliyaning «Goyanesia» futbol klubi sobiq hujumchisi Uendell Liraning Braziliya chempionati doirasida «Atletiko-GO» darvozasiga urgan goli «Yil goli» sifatida e'lon qilindi.

G‘olibga FIFA tomonidan Ferents Pushkash mukofoti topshirildi.

Uendell Lira mazkur golni 2015 yilning 11 mart kunida o‘tgan uchrashuvda qaychi uslubida raqib darvozasiga yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, «Yilning eng yaxshi goli» maqomiga Liraning golidan tashqari, Lionel Messining «Atletik Bilbao» darvozasiga va Rimning «Roma» klubi vakili Alessandro Florentsining «Barselona» darvozasiga urgan gollari ham da'vogarlik qilgandi.

Bu gollarga ovoz berish jarayonida 1,6 million nafardan ortiq muxlis ishtirok etgan. Ularning 46,7 foizi Liraning goli uchun, 33,3 foizi Messining, 7,1 foizi Florentsining goli uchun ovoz bergan.

Lionel Messining «Atletik Bilbao»ga urgan goli

Alessandro Florentsining «Barselona»ga urgan goli