Sport | 09:29 / 13.01.2016
3525
3 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» safarda «Nyukasl» bilan jangovar durang qayd etdi

12 yanvar kuni oqshomida Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan 3ta uchrashuv o‘tkazildi.

Turning birinchi kunidagi eng ko‘p gol urilgan uchrashuv “Nyukasl” hamda “Manchester Yunayted” klublari o‘rtasidagi bahs bo‘ldi.

Bu bahs 3:3 hisobidagi jangavor durang bilan yakun topdi. Mankunianliklar safida Runi dubl qayd etgan bo‘lsa, Lingard o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

“Nyukasl” tarkibida esa Veynaldum, Mitrovich hamda Dammett bittadan gol urishdi.

Endilikda "MYu" hisobidagi ochkolar soni 34taga yetgan va jamoa oltinchi o‘ringa mustahkam joylashgan. “Nyukasl” esa 18 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, shu kuni "Aston Villa" "Kristal Pelas" bilan, "Bornmut" esa "Vest Hem" bilan o‘ynadi. Remi Gaard boshchiligidagi birmengemliklar Alan Pardyu shogirdlarini kichik hisobda yengishgan. Mavsum debyutanti "Bornmut" esa o‘z maydonida Slaven Bilich boshchiligidagi "Vest Hem"dan yengilishgan. Bu o‘yinda ancha vaqtdan beri jarohatini tuzatgan Payye qaytish qilgan va gol urib, g‘alabaga hissa qo‘shgan.

Endilikda, turnir jadvalining eng quyi o‘rnidagi "Aston Villa" jamoasi hisobidagi ochkolar soni 11taga yetgan. "Kristal Pelas" esa bu mag‘lubiyat tufayli "MYu"ni quvib o‘tish imkonidan mahrum bo‘lib, 31 ochko bilan yettinchi o‘rinda qolmoqda.

"Vest Hem" 35 ochko bilan beshinchi, "Bornmut" esa 21 ochko bilan 16-o‘rinda turibdi.

Angliya chempionati, 21-tur

"Nyukasl" – "Manchester Yunayted" 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 9, penalti Runi, 0:2 – 38 Lingard, 1:2 – 42 Veynaldum, 2:2 – 67, penalti Mitrovich, 2:3 – 79 Runi, 3:3 – 90 Dammett.
"Nyukasl" – Elliot, Yanmat, Mbemba, Kolochchini, Dammett, Tiote (Touni, 85), Kolbek (Guffran, 81), Sissoko, Veynaldum, Peres (de Yong, 90), Mitrovich.
"Manchester Yunayted" – De Xea, Yang, Smolling, Blind, Darmian, Shnayderlin, Fellayni, Marsyal, Errera (Mata, 75), Lingard (Depay, 64), Runi.
Ogohlantirishlar: Fellayni (25), Errera (30), Tiote (35), Smolling (66).

"Bornmut" – "Vest Hem" 1:3 (1:0, 0:3)

Gollar: 1:0 – 17 Arter, 1:1 – 67 Payye, 1:2 – 74 Valensiya, 1:3 – 84 Valensiya.
"Bornmut" – Boruts, Smit, Frensis, Kuk, Deniels, Serman, Ritchi (Iturbe, 50), Gosling, Arter (Myurrey, 80), Stanislas, Afobe (Grebben, 72).
"Vest Hem" – Adrian, Tomkins (Djyenkinson, 61), Kollinz, Ogbonna, Kressuell, Nobl, Obiang, Valensiya, Payye (Song, 78), Antonio, Kerroll (Yelavich, 15).
Ogohlantirishlar: Smit (66), Payye (68).

"Aston Villa" – "Kristal Pelas" 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 58 Leskott.
"Aston Villa" – Bann, Bakuna, Okore, Leskott, Sissoko, Veretu, Vestvud, Guyye, Xil (Klark, 90), Kozak, Ayyu.
"Kristal Pelas" – Xennessi, Uord, Denn, Dileyni, Suare, Ledli (Uikxem, 46), Kabay, Makartur (Yedinak, 78), Panchon, Sako (Shamax, 62), Zaa.
Ogohlantirishlar: Veretu (68), Uord (79), Guyye (80).