Germaniya telekanali Istanbuldagi teraktlardan so‘ng logotipiga Turkiya bayrog‘ini joylashtirdi
Germaniyaning Tele5 telekanali Istanbuldagi teraktlar vaqtida halok bo‘lganlar xotirasiga o‘z logotipini o‘zgartirdi. Bu haqda telekanal tvitter orqali ma'lum qildi.
Yangi logotipda Germaniya bayrog‘iga Turkiya bayrog‘ining yulduz va yarim oy qismini joylashtirilgan.“Hujum qurbonlari xotirasini hamdardligimizni bildirish uchun 13 yanvar kuni barcha dasturlarni mazkur logotip bilan translyatsiya qilamiz”, - deyilgan edi xabarda.
Bundan tashqari, telekanalning tvitterdagi sahifasida kanal avatari(surati)ga motam razmi bo‘lgan qora tasma tasvirlangan.Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Istanbul shahrining Yevropadagi qismida joylashgan Sultonahmad maydoni hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 17 kishi yaralandi. Qurbon bo‘lganlarning 8 nafari Germaniya fuqarolaridir. Shuningdek, sayyohlar gavjum bu hududdagi terakt tufayli Peru, Norvegiya hamda Janubiy Koreyadan kelgan sayyohlar jabrlangan.
Avvalroq esa Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir viloyatida politsiya bo‘limi binosi oldida portlash sodir etilgani xabar qilingan edi.
Mahalliy nashrlarning xabariga ko‘ra, avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmaning harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan bu terakt qurbonlari soni ayni vaqtda 5 nafar, yana o‘nlab kishilar jarohatlangan. Qayd etilishicha portlash hududidan 36 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga keltirilgan.