Istanbul fojyeasi
Anqaradagi xujumlardan hali o‘ziga kelmagan Turkiyada yana bir portlash yuz berdi. Seshanba kuni Istanbulda terror xodisasi yuz berdi. Xamisha sayyohlar bilan gavjum bo‘ladigan Sulton Axmad maydonida portlash yuz berdi. Erta tongda o‘zini o‘limga mahkum qilgan terrorchi tomonidan portlash uyushtirildi. Sulton Ahmad maydoni yaqinida Ayo-Sofiya va Moviy machit joylashgan. Qadim-qadimdan bu yerdagi tarixiy yodgorliklar odamlarning diqqatini tortib kelgan. 1900 yilda maydonga Nemets favvorasi qurilgan bo‘lib, aynan shu yerda portlash yuz berdi. Politsiya patruliga ko‘zi tushgan terrorchining asabi dosh bermay portlovchi moslamani ishga tushirdi.
Guvohlarning so‘zlariga qaragangda, portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, uning ovozi shaharning boshqa xududlarigacha eshitilgan. 10 dan ortiq kishining halok bo‘lgani, ularning ko‘pchiligi xorijlik sayyohlar ekani aytilmoqda. Halok bo‘lgan 11 kishining 8 nafari Germaniya fuqorollari ekani ma'lum qilindi. Shuningdek, terakt tufayli Peru, Norvegiya hamda Janubiy Koreyadan kelgan sayyohlar jabrlangan.
Turkiya bosh vaziri Axmet Davuto‘g‘lu bayonot berib, portlash ortida “DAISh (IShID) turganini ma'lum qildi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘on esa terakt suriyalik terrorchi tomonidan uyushtirilganini aytdi. Turkiyaning xorijdagi elchilari oldida chiqish qilgan prezident “Biz yagona xalq sifatida terrorizmga qarshi turishimiz kerak. Turkiya terrorizm qanday nomlanishidan qatiy nazar, u DAISh (IShID) deyiladimi, “Kurdiston Ishchilar partiyasi" deyiladimi, Xalq mudofaasi otryadlari deyiladimi, “Demokratik Ittifoq” deyiladimi, “Inqilobiy partiya-Xalq Ozodlik fronti” deyiladimi, yoki “Markschi-leninchi kommunistik partiya” deyiladimi, unga qarshi keskin kurash olib boradi” dedi.
Yuz bergan hodisadan so‘ng Turkiya politsiyasi poytaxt Anqara va uning atrofida amaliyot o‘tkazib, DAISh (IShID)ning 16 a'zosini qo‘lga oldi. Ularning poytaxtda terror hodisalarini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgani aytilmoqda.
Xalqaro xamjamiyat Istanbul fojyeasiga o‘z munosabatlarini bildira boshladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga 2016 yilning 12 yanvar kunida Istanbul shahrida insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakati munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib, maktub yo‘lladi. Shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasining Federal kansleri Angela Merkel nomiga yo‘llangan maktubda Islom Karimov Istanbuldagi terrorchilik hujumi oqibatida halok bo‘lgan Germaniya fuqarolarining oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularini yetkazishni so‘ragan.
Germaniya federal kansleri Angela Merkel Istanbulga berilgan zarbadan avval Parij, Kopengagen, Tunis va boshqa joylar terrorchilar nishoniga aylanganini ma'lum qildi. “Xalqaro terrorizm turli joylarga zarba bermoqda. Uning nishoni erkin jamiyatdagi erkin hayotdir”, dedi Angela Merkel. Germaniya Prezidenti Yoaxim Gauk xalok bo‘lganlarning oila a'zolari, yaqinlariga ta'ziya bildirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, Istanbulda yuz bergan terror xujumi oqibatida aybsiz odamlar, ular orasida Germaniya fuqorolari ham bor.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron prezident Erdo‘g‘onga qo‘ng‘iroq qilib, ta'ziya bildirdi. U aybdorlarni topishda Britaniya Turkiyaga har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg terror xujumini keskin qoralar ekan, yuz bergan xodisani xech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini ta'kidladi. U NATO a'zolari terrorizmning har qanday ko‘rinishga qarshi birgalikda kurash olib borishi lozimligini qayd qildi. Bosh kotib marhumlarning oila a'zolariga o‘z ta'ziyasini bildirdi. Yevrokengash raisi Donald Tusk xam Istanbul fojyeasini tanqid qildi. U Yeropa Ittifoqi va Turkiya terrorizmga qarshi kurashdagi sa'y-xarakatlarni faollashtirishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federiki Mogerini va qo‘shnichilik siyosati bo‘yicha yevrokomissar Yoxannes Xanlar ham Istanbulda yuz bergan terrorchilik hodisasini keskin qoralab bayonot bilan chiqishdi. “Istanbulda yuz bergan terakt yana bir bor terrorizm butun dunyoga tahdid solayotganini va unga qarshi barcha mamlakatlar o‘z kuchlarini birlashtirishi talab qilinayotganini ko‘rsatib turibdi”, dedi Fransiya bosh vaziri Manyuel Vals.
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Istanbulda yuz bergan terror hodisasini qoralab bayonot berar ekan, shafqatsiz jinoyat sodir etilganini aytdi. U aybdorlar topilib jazoga tortilishi lozimligini eslatib o‘tdi. Fransiya prezidenti Fransua Olland ham terror xodisasini qoralab chiqdi. Oq uy Istanbulda uyushtirilgan terror xujumlariga o‘z munosabatini bildirar ekan, AQSh terrorizm va DAISh (IShID)ga qarshi kurashda Turkiyani qo‘llab-quvvatlashda davom etaverishini ma'lum qildi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi ham Istanbulda yuz bergan terror hodisasini keskin qoralab bayonot berdi.
So‘ngi 10 yilda Turkiyada yuz bergan terror hodisalari haqida qisqacha ma'lumot.
O‘tgan yilning 23 dekabrida Istanbulning Sabixi Gekchen aeroportida yuz bergan hodisa oqibatida bir kishi xalok bo‘ldi.
1 dekabr kuni Istanbul metrosida qo‘lbola bomba ishga tushdi. O‘shanda bir kishi halok bo‘lgan edi.
2015 yilning 10 oktabrida Anqarada ikki nafar o‘zini o‘limga mahkum qilgan terrorchi tomonidan portlash uyushtirildi. Kamida 102 kishi xalok bo‘lib, 248 kishi jarohat oldi.
2015 yilning 20 iyulida Suruch shaxrida bomba portlashi oqibatida 33 kishi halok bo‘lib, 104 kishi jarohat oldi.
2015 yilning 6 yanvar kuni homilador ayol - rossiyalik Diana Ramazova Istanbulning tarixiy qismida o‘zini portlatib yubordi. Bir nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi.
2013 yilning 11 mayida Reyxanli shahrida minalashtirilgan ikkita avtomobil portlab ketdi. Kamida 51 kishi xalok bo‘lib, 140 kishi jarohat oldi. Mas'uliyatni hech kim o‘z zimmasiga olmadi. 2013 yilning 11 fevralida Bab al-Xava O‘tish Nazorat punktida yuz bergan terror hodisasi oqibatida 13 kishi halok bo‘lib, 28 kishi jarohat oldi. Turkiya tomonida Suriyaga tegishli deb aytilayotgan avtomobil portladi.
2012 yil 20 avgustida Gaziantep shaxrida muqaddas Ramazon oyi tugashi bilan o‘tkazilayotgan tadbirda portlash yuz berdi. 10 kishi halok bo‘lib, 64 dan ortiq kishi jarohat oldi.
2011 yilning 20 sentabrida Anqarada minalashtirilgan avtomobil portlashi natijasida 4 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jarohat oldi. Hodisa uchun mas'uliyatni kurd ayirmachilari o‘z zimmasiga oldi.
2010 yilning 31 oktabrida Istanbulning Taksim maydonida o‘zini o‘limga mahkum qilgan terrorchi tomonidan portlash uyushtirildi. 32 kishi jaroxat oldi. Ulardan 15 nafari politsiya xodimlari edi.
2008 yilning 27 iyul kuni Istanbulning Gyungern tumanida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lib, 150 dan ortiq kishi jaroxat oldi.
2008 yilning 9 iyul kuni Istanbuldagi AQSh konsulxonasiga hujum uyushtirildi. Hodisa oqibatida 3 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Uch nafar jangari yo‘q qilindi.
2006 yilning 12 sentabr kuni Diyorbakirda bomba portladi. 10 kishi xalok bo‘ldi, ularning 8 nafari bolalar edi.
2006 yil 25 iyun kuni kurort Antaliya shahrida yuz bergan terakt natijasida 4 kishi xalok bo‘lib, 28 kishi jaroxat oldi. Hodisa uchun mas'uliyatni kurd ayirmachilari o‘z zimmasiga olgan edi.
Tahlilchilar endilikda Turkiyaga keladigan sayyohlar oqimi kamayishi extimoli haqida aytishmoqda. Lekin terrorizm birgina Turkiyada emas, dunyoning boshqa mintaqalarida ham kuzatilayotgani esdan chiqarish kerak emas. Bugungi kunda dunyoda xavfsiz xududlar kam ekanini aytiladi.
Sharofidin To‘laganov.