Jamiyat | 22:54 / 14.01.2016
7061
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeb Bush "qo‘li bilan gaplashish"ni o‘rgandi

AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Jyeb Bush g‘aroyib vaziyatga tushib qoldi. Moyn shahrida jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida uning Apple Watch soatiga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Soatdan “Hello!” degan ovoz eshitildi. Biroq Bush soat yordamida suhbatlashish mumkinligini bilmasdi. Bush bir necha vaqtdan so‘nggina jurnalistlar yordamida u bilan aynan shaxsiy soati gaplashayotganligiga ishonch hosil qildi.

“Bu dunyodagi eng zo‘r narsa”, - deya bu voqeadan keyin fikr bildirgan Bush.