Oq Uy Obama va Kerrining nutqida nega KXDR tilga olinmaganini tushuntirdi
AQSh ma'muriyati KXDR va uning 6 yanvarda amalga oshirilgani aytilayotgan yadroviy sinovlari haqidagi fikrlarni prezident Barak Obamaning Kongressga yo‘llagan murojaatiga kiritmaslikka qaror qilgan. Bu haqda murojaat o‘qib eshittirilishining ertasiga berilgan brifingda prezident maslahatchisi Ben Rods aytib o‘tdi.
Yaponiyalik muxbirlardan biri murojaatda Shimoliy Koreya nega tilga olinmaganining sabablari bilan qiziqib ko‘rdi. Shuningdek, undan ilgariroq AQSh bosh kotibi Jon Kerri tashqi siyosiy vaziyat haqidagi chiqishida ham KXDRga o‘rin ajratmagan edi. Bunga javoban Ben Rods mazkur masala AQSh rahbariyati uchun ulkan ustuvor ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tdi.
“Prezidentimiz Pxenyanning provokatsion harakatlariga javob choralarida ishtirok etishda shaxsan ishtirok etadi, - dedi u. – Bunday javob doirasida KXDRga iqtisodiy bosim o‘tkazish uchun qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish ham ko‘zlanmoqda”.
“Shu bilan birga, ushbu davlat rahbari Kim Chen In uning shaxsiga e'tibor qaratilishini yaxshi ko‘radi, - so‘zida davom etdi Rods. – U prezidentimiz unga o‘z murojaatida ko‘p vaqt ajritishini xohlagan bo‘lsa kerak. Shu bois, rostini aytsam, bu dunyoda kuch namoyishi o‘z xalqing och bo‘lgan bir zamonda allaqanday uskunalarni sinash va provokatsion tarzda havoga uchirish bilan amalga oshirilmasligi lozim”.