Jahon | 17:50 / 15.01.2016
8161
3 daqiqa o‘qiladi

Bild jurnalisti Putinning Bild nashriga intervyusi rus tiliga o‘zgartirib tarjima qilinganiga munosabat bildirdi

Germaniyaning eng ommaviy Bild gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari Nikolaus Blome noshir Kay Dikman bilan 5 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putindan katta intervyu olgan edi.

Bir necha kundan so‘ng rossiyalik jurnalistlar Kremlning matbuot xizmati intervyuni rus tiliga tarjima qilishda o‘zgartirishlarni amalga oshirganini, ayrim savollar va javoblar silliqlashtirilganini aniqladi. Bu holatga Blome Deutsche Welle radiosiga bergan interyusida aytib o‘tdi.

Jurnalist XXI asrda bunday ish qilish mumkinligini hayratda ekanligini tushuntirdi.
Radioning savollariga javob berarkan, Blome quyidagilarni ta'kidlab o‘tdi:

“Putin va Rossiya siyosati bilimdonlari uchun mutlaqo yangi bo‘lmagan ikki jihatni ta'kidlab o‘tay. Lekin ular qay darajada aniq va keskin aytilgani meni siyosiy jurnalist sifatida hayratga soldi.

Birinchidan, Putin “Yevropadagi chegaralar meni odamlardan ko‘ra kamroq qiziqtiradi”, dedi, bunda ruslarni nazarda tutdi. Ya'ni, chegaraning narigi tarafida ruslar yashaydi, ushbu holatda – Ukrainada, va men ularni shunchaki o‘zimga tortib olaman. Aslida esa bu Yevropani tinch qit'aga aylantirgan chegaralarni tan olish va hurmat qilish fundamental prinsipini shubha ostiga qo‘yadi.

Agar ular o‘zgartirilsa, bunga tinchlik yo‘li bilan erishiladi. Putinning bu so‘zlaridan so‘ng nafasim qaytib ketdi”.“Bu Vladimir Putin olamiga chuqur nigoh tashlash imkoniyatini beradi, - so‘zida davom etadi jurnalist. – Uning bu so‘zlarini sobiq Ittifoq davlatlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid deb ham baholash mumkin.

O‘ylashimcha, Rossiya bilan chegaradosh davlatlar, agarda ulardagi rus etnik kamchiligi yomon yashayapmiz degan xulosaga kelib, Rossiya prezidentidan yordam so‘rasa, nima qilamiz, degan xavotirda yashashadi. Ularda ham Qrimda, Ukrainada bo‘lgan voqealar bizlarda ham takrorlanadimi, deb o‘ylashadi. Yevropa sharqidagi ayrim hukumatlar bu savollarni o‘zlariga berib ko‘rgan bo‘lsa kerak”.