Jahon | 11:37 / 15.01.2016
6685
1 daqiqa o‘qiladi
Jyeb Bush: Xitoy va Rossiya o‘z manfaatlarini AQShdan ko‘ra samaraliroq himoya qilmoqda
Florida shtatining sobiq hokimi, AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Jyeb Bushning fikricha, ayni paytda jahon miqyosida Rossiya va Xitoy o‘z manfaatlarini AQShdan ko‘ra samaraliroq himoya qilmoqda.
Bu haqda siyosatchi Nort-Charlston shahrida (Janubiy Karolina shtati) respublikachi nomzodlar o‘rtasida uyushtirilgan bahslar chog‘ida aytib o‘tdi.
Uning uqtirishicha, AQSh prezidentligiga saylangan taqdirda, bu boradagi ishlarni jadallashtiradi. Jumladan, xalqaro siyosatni yanada muvaffaqiyatli yuritish uchun qurolli kuchlarni mustahkamlash yo‘lidan boradi.