Fan-texnika | 10:48 / 15.01.2016
5384
1 daqiqa o‘qiladi

Renault Koleos modelining vorisi ma'lum bo‘ldi

Renault kompaniyasining Koleos modelining o‘rniga keladigan yangi krossoveri Maxthon deb ataladi. Bu haqda Auto-Moto nashri xabar bermoqda.

Nashr illyustratori bo‘lajak yo‘ltanlamasning renderlarini hozirladi. Yangi model qiyofasida rassom kompaniyaning oxirgi modellarining unsurlaridan foydalandi: Kadjar ixcham krossoveri, to‘rtinchi avlod Megane xetchbeki, beshinchi avlod Espace miniveni va Talisman sedani. Bundan tashqari, Maxthon tashqi ko‘rinishi sinov prototipining fotosuratlarida qisman oshkor etilgan.

Mashina uzunligi 5 m ni tashkil qiladi. Optsiya tariqasida uchinchi qator o‘rindiqlari qo‘shimcha qilinadi.Taxminlarga ko‘ra, kuch qurilmasi 1.6 l li 160 ot kuchiga ega dizel agregati, shuningdek, shu hajmdagi 150 ot kuchiga ega benzinli motordan iborat bo‘ladi. 200 ot kuchiga ega top versiyasi paydo bo‘lishi ham kutilmoqda.