Jamiyat | 09:36 / 15.01.2016
7321
1 daqiqa o‘qiladi

Selin Dionning turmush o‘rtog‘i olamdan o‘tdi

Kanadalik taniqli qo‘shiqchi Selin Dionning turmush o‘rtog‘i va menejyeri hisoblangan Rene Anjyelil 73 yoshida saraton xastaligi tufayli vafot etdi. Bu haqda qo‘shiqchining o‘zi feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirilgangan xabarda Anjyelil "juftlikning Los-Anjyelesdagi uylarida saraton bilan uzoq vaqt davomida mardonavor kurashidan keyin vafot etgani" aytilgan.

Qo‘shiqchi biroz oldinroq turmush o‘rtog‘ining ahvoli yomonlashgach, uning yonida bo‘lish uchun konsert dasturini bekor qilgandi.

Selin Dion hali 12 yoshdaligida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan, o‘shanda uning onasi 38 yoshli Anjyelilga qizining ilk qo‘shig‘i yozuvini jo‘natgandi. Ularning munosabatlari 1987 yilda boshlangan va 1994 yilda nikoh qurilgandi.