Iqtisodiyot | 07:41 / 15.01.2016
18084
2 daqiqa o‘qiladi

Tahlilchilar neft narxi 20 dollarga tushsa, rubl kursi qanday o‘zgarishini bashorat qilishdi

Neft qiymati 20 dollargacha tushib ketsa, Rossiyada Amerika valyutasi kursi tarixiy yangi maksimum – 96,3 rublga ko‘tarilishi mumkin. Bu haqida Rambler News Service xabar bermoqda.

Tahlilchilar rublning mazkur tebranish modelini to‘liq prognoz sifatida qabul qilmaslikni ta'kidlashmoqda. Yana ular neft bir foizga qimmatlashsa, rubl 0,4 foizga mustahkahkamlanishini aytishgan.

Tadqiqotda qayd etilishicha, Rossiya valyutasi kursi dinamikasi faqat uglevodorodlarga bog‘liq emas.

“Rivojlanayotgan bozorlarda tavakkalchiliklarni sezish bilan bog‘liq umumiy holat ham muhim ahamiyatga ega, shuning uchun neft narxining qayta tiklanishi sharoitida rubl dinamikasi boshqa rivojlanayotgan iqtisodiyotlar valyutasi dinamikasidan katta farq qilmaydi”, - deyiladi “VTB Kapital” tadqiqotida.

14 yanvardagi birja savdolari davomida dollar 76,37 rubl, yevro — 83,15 rubl, Brent nefti - 30,77 dollar (barcha ma'lumotlar Moskva vaqti bilan 14 yanvar, soat 16:30ga oid) bo‘lgan. Dollarning 15 yanvar uchun rasmiy kursi - 76,52 rubl, yevro kursi - 83,15 rubl.

4 yanvardan 14 yanvargacha neft kotirovkalarining tezkor pasayishi yuz berdi. 10 kun ichida Brent narxi bir barrel uchun 37dan 30 dollarga, Texas WTI – 36,8dan 30,9 dollarga, OPeK savati 31,8dan 25,7 dollarga arzonlashdi. Bu vaziyat fonida dollar kursi 77 rubldan oshib ketdi.