Iqtisodiyot | 18:07 / 15.01.2016
11297
2 daqiqa o‘qiladi

TeliaSonera yanvar oxirigacha O‘zbekistondagi aktivlarini sotuvga qo‘yishi mumkin

Shvetsiyaning TeliaSonera telekommunikatsion kompaniyasi 2015 yilning to‘rtinchi choragi uchun aktivlarining qadrsizlanishi tufayli 7.2 mlrd shved kronasini yoki 843 mln dollarni hisobdan chiqaradi. Kompaniya xabarnomasida aytilishicha, Daniya va O‘zbekistondagi faoliyatning to‘xtatilishi bunga sabab bo‘lgan.

2016 yil 29 yanvarida e'lon qilinadigan o‘tgan yil yakunlari hisobotida “Yevrosiyo” mintaqasidagi faoliyat tugatilgani, aktivlar esa sotuvga qo‘yilishi e'lon qilinadi.

Kompaniya o‘tgan yilning oxirgi choragida aktivlaridan qaytadan hisobdan o‘tkazgan. Endilikda O‘zbekistondagi faoliyat bilan bog‘liq 5.3 mlrd krona (620.5 mln dollar), Daniyadagi faoliyat bilan bog‘liq 1.9 mlrd krona (222 mln dollar) hisobdan chiqariladi.

Daniyadagi aktivlar qiymatining tushib ketishi TeliaSonera kompaniyasining Norvegiyaning Telenor kompaniyasi bilan birga Daniyada tuzilgan qo‘shma korxonadan chiqish haqidagi qarori bilan bog‘liqdir.

Ilgariroq TeliaSonera “Yevrosiyo” mintaqasidagi (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Tojikiston, Nepal) faoliyatini susaytirishi, so‘ng to‘xtatishi ma'lum qilingan edi.