Jahon | 12:11 / 16.01.2016
5395
1 daqiqa o‘qiladi

Burkino-Fasoda garovga olingan mehmonxona ro‘parasidagi restorandan 10 nafarga yaqin jasad topildi

Burkino-Faso o‘t o‘chirish xizmati xodimlari mamlakat poytaxida jangarilar tomonidan garovga olingan Splendid Hotel mehmonxonasi ro‘parasidagi Cappuccinno kafesi ichida 10 nafarga yaqin jasadni aniqlashdi. Jangarilar mehmonxonaga hujum qilishdan oldin shu kafeda otishma uyushtirishgandi.

Bundan oldinroq, 16 yanvarga o‘tar kechasi Burkina-Faso poytaxti Uagadugudagi Splendid Hotel mehmonxonasiga "Al-Qoida"ning g‘arbiy bo‘limi hisoblanmish "Al-Murabitun" guruhi jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum vaqtida 20 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Jangarilar mehmonxonada odamlarni garovga olishdi.

Keyinroq, Burkina-Faso xavfsizlik xizmati Fransiya tomonidan ko‘rsatilgan yordam vositasida amalga oshirgan qutqaruv amaliyoti orqali 63 kishi mehmonxona ichidan chiqarib olindi.