Fan-texnika | 18:55 / 16.01.2016
13483
1 daqiqa o‘qiladi

Kelajak uylari: Ekokapsulalar

Bratislav kompaniyasi hisoblanmish Nice Architects ishlab ekokapsulalarda bir yilgacha elektr tokisiz yashash mumkin. Kapsula quyosh elektr quvvati panellari va shamol elektr yig‘uvchi uskunalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari unda, yomg‘ir suvini yig‘uvchi moslama ham bor. Ichkarida ikki kishilik o‘rin, oshxonacha, hojatxona va dush qabul qilish xonachasi mavjud.

Loyiha mualliflarining aytishlaricha, ekokapsulalardan tabiat qo‘ynida olib boriladigan mustaqil tadqiqotlar paytida, sayohat va favqulodda holatlarda foydalanish mumkin. Kapsulalar 28-29 may kunlari Venada o‘tgan ko‘rgazmada namoyish qilindi, ularni ishlab chiqarish esa 2015 yilning ikkinchi choragida amalga oshiriladi.