Tojikiston musulmonlari endilikda 40 yoshga to‘lganlaridagina hajni amalga oshirishlari mumkin
Mamlakat hukumati huzuridagi Diniy nazorat va milliy an'analarni tartibga solish ishlari bo‘yicha Qo‘mita tomonidan ana shunday qaror chiqarildi.
Endilikda Tojikiston musulmonlari haj safarini 40 yoshga to‘lganlaridagina amalga oshirishlari mumkin. Bu haqida Respublika diniy birlashmalari boshqarmasi rasmiy vakili Xusayn Shokirov jurnalistlarga xabar bergan.
“Hukumat qarori musulmonlar huquqlarini poymol etmaydi, u eng avvalo kesalarga islomning muqaddas qadamjolariga ziyoratni amalga oshirish imkonini berishga qaratilgan”, - deya aniqlik kiritgan Shokirov. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni hukumati hajni amalga oshirish kvotalarini qisqartirishni boshladi, bu esa Tojikistondagi katta avlod vakillari uchun ziyoratni amalga oshirishga ulgurish imkoniyatini muammoga aylantirmoqda”.
O‘tgan yili respublikaning 6300 nafar musulmonlari hajni amalga oshirishgan, ularning har biri uchun islomning muqaddas ziyoratgohiga borish 3,6 ming AQSh dollarga tushdi. Tojikiston hukumati tomonidan hajga borish yosh senzining oshirilishi bu imkoniyatdan ko‘p sonli keksalarning foydalanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Shunga qaramay, bu tashabbus tojik jamiyatida turli qarama-qarshi fikrlarga sabab bo‘lyapti. Mustaqil siyosatchilar va ekspertlar yosh bo‘yicha cheklov siyosiy elita vakillari farzandlariga ham tegishli bo‘lishiga shubha bilan qarashmoqda.
Yanvar oyining birinchi sanalarida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida 23 yillik boshqaruvi davomida to‘rtinchi marta hajni amalga oshirdi. Davlat rahbari matbuot xizmatining o‘sha kunlarda bergan ma'lumotlariga ko‘ra, Rahmon rafiqasi, farzandlari va qarindoshlari bilan Kabaga ziyoratni amalga oshirdi. Prezident bilan birga uning katta qizi tashqi ishlari vaziri o‘rinbosari Ozoda Rahmon, korrupsiyaga qarshi agentlik rahbari lavozimida bo‘lgan merosxo‘ri 27 yoshli Rustam Imomali , shuningdek tojikistonlik yetakchining atrofidagi boshqa kishilar unga hamrohlik qilishgan.