Sport | 23:36 / 17.01.2016
9619
2 daqiqa o‘qiladi

“Real” Zidan murabbiyligida ketma-ket ikkinchi o‘yinda raqib darvozasiga 5 ta gol urdi

17 yanvarda Madridning “Real” klubi Ispaniya Primerasining 20-turi doirasida o‘z maydoni “Santyago Bernabeu”da Xixonning “Sporting” klubini qabul qildi.

“Qaymoqranglilar” uchrashuvning 1-bo‘limidayoq raqib darvozasiga 5 ta to‘p kiritib, uchrashuv g‘olibi haqidagi barcha masalalarni hal qilib qo‘yishdi. Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema dublga erishdilar, yana bitta to‘pni Garet Beyl o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Uchrashuvning 2-bo‘limida “Real” sustroq o‘yin namoyish qildi va raqib darvozasiga boshqa to‘p yo‘llamadi. Biroq mehmonlar Ismael Lopesning sa'y-harakatlari bilan prestij to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijaviy hisob 5:1 ko‘rinishida qirollik klubi hisobiga yakunlandi.

“Real”ning ushbu g‘alabasi klubning yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan boshchiligidagi ikkinchi yirik g‘alabasi bo‘ldi. O‘tgan turda “Real” o‘z maydonida “Deportivo” darvozasiga ham javobsiz 5 ta to‘p kiritgandi.

Ispaniya Primerasi. 20-tur
Real Madrid – Sporting Xixon – 5:1
Gollar: Beyl, 7 (1:0); Ronaldu, 9 (2:0); Benzema, 12 (3:0); Ronaldu, 18 (4:0); Benzema, 41 (5:0); Lopes, 62 (5:1).