O‘zbekiston | 12:27 / 17.01.2016
7440
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov AQSh bilan o‘zaro siyosiy maslahatlashuvda qatnashish uchun Vashingtonga boradi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida siyosiy maslahatlashuv o‘tkaziladi. 

2016 yilning 19-21 yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIVning matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Tashrif davomida Vashington shahrida O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi, Davlat departamenti va boshqa muassasalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.