Jamiyat | 19:21 / 17.01.2016
6052
2 daqiqa o‘qiladi

Obama intervyu paytida itlarga qanday tarzda shim kiygizish bo‘yicha qaror qabul qildi

AQSh prezidenti Barak Obama YouTube videoxostingiga bergan intervyusida o‘z itiga qanday qilib shimni kiygizgan bo‘lishi haqida so‘raldi. Ushbu intervyu YouTube’da 15 yanvarda joylashtirilgan.

Intervyu davomida Obamaga dastlab dekabrda Twitter foydalanuvchilari tomonidan faol muhokama qilingan bir surat namoyish qilindi. Suratda shim kiygizilgan ikkita it tasviri bo‘lib, biriga shim barcha to‘rtta panjasiga, boshqasiga esa faqatgina orqa panjalariga kiygizilgan. Obamadan ushbu ikki variantdan birini tanlash so‘raldi.

Oq uy egasi xayollamay, tezda javob qaytardi va orqa panjalariga shim kiygizilgan it tasvirini tanladi. Obama boshqa variant haqida “Bu juda eskicha ko‘rinadi, juda ko‘p mato ishlatilgan” deya izoh berdi.

Obama bilan o‘zining YouTube’dagi kanali evaziga sWooZie taxallusi orqali taniqli bo‘lgan Adand Torn suhbatlashdi. Obama ushbu intervyuni “Mamlakatning holati haqida” deb nomlangan nutqi bilan Kongressga yuzlanadigan har yilgi an'anaviy murojaatiga yoshlarning e'tiborini qaratish maqsadida berdi.

Ma'lumot uchun, Obamaning portugal suv iti zotiga mansub Bo va Sanni laqabli ikkita iti bor. Bo erkak, Sanni esa urg‘ochi itdir.