Sport | 09:47 / 17.01.2016
5614
1 daqiqa o‘qiladi

Terri: Ofsayddan gol urganim haqidagi gaplarga tupuraman

"Chelsi" jamoasi himoyachisi "Everton"ga qarshi 3:3 hisobida tugagan o‘yindan keyin intervyu berdi.

"O‘yin juda qiyin kechdi. Ko‘plab klublar 2ta to‘p farqi bilan yutqazayotganda taslim bo‘ladi. Ammo jamoamiz oxirigacha kurashdi va durangga erishdi. Biz hatto g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi", deydi dastlabki savolga javoban Terri.

Undan 99-daqiqada urgan golida ofsayd holati bo‘lgani haqidagi gaplarga munosabatini so‘rashgan.

"Bilmayman. Golni ofsayddan urdimmi, yo‘qmi bunisi bilan umuman ishim yo‘q. Bu ochko biz uchun juda muhim. Bizda faqat murabbiy o‘zgardi.

"Chelsi"ga g‘alabalar kerak, ammo har bir o‘yin qiyin o‘tmoqda", – deydi Terri.