Jahon | 18:55 / 17.01.2016
8017
2 daqiqa o‘qiladi

Turk xakerlari Rossiyaning Isroildagi elchixonasi saytiga Otaturk suratini joylashtirishdi

Börteçine Siber Tim turk xakerlari guruhi Facebook orqali Rossiyaning Isroildagi elchixonasi saytini buzib kirishganini e'lon qilishdi. Moskva vaqti bilan soat 15:00 da (Toshkent vaqti bilan 17:00 da) elchixonaning saytiga kirib bo‘lmayotgani ta'kidlanayotgandi, biroq saytning Google keshida qolgan versiyasiga ko‘ra, saytda Turkiya bayrog‘i va mamlakatning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning surati joylashtirib qo‘yilgan.

3 yanvarga o‘tar kechasi ushbu guruh Rossiya aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforovning Instagram-akkauntini buzib kirgandi.

O‘shanda Nikiforovning Instagram’dagi sahifasida ushbu hujumni Börteçine Siber Tim xakerlik guruhi amalga oshirgani haqidagi xabar va 6 ta surat: bosmachilik harakati boshlig‘i Anvar-Posha, Turk Respublikasi asoschisi Kamol Otaturk, Turkiya tomonidan urib tushirilgan Rossiya harbiy samolyotining qulashi payti, urib tushirilgan samolyotning o‘zi va ikkita turk bayrog‘i suratlari joylashtirilgandi.