Jamiyat | 10:07 / 18.01.2016
14129
1 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyalik yo‘lovchi bulutlarda g‘alati obektni suratga tushirdi

Irlandiya aviakompaniyasi samolyotining yo‘lovchisi bulutlar ichida inson va uning soyasiga o‘xshash g‘alati obektni suratga oldi, deb xabar beradi “Chas Pik” nashri.

Aytilishicha, erkak oilasi bilan Easyjet aviakompaniyasi laynerida Yangi yil ta'tilidan qaytayotgan edi.

Parvoz chog‘ida u illyuminator orqali bulutlarni suratga olib borgan. Bir necha daqiqadan so‘ng bulutlarda g‘alati kulrang shaklni ko‘rgan, uning go‘yoki qo‘l-oyog‘i va boshi bor edi.“Biz hayratga tushdik, bunday bo‘lishi mumkin emas. Inson bulut ustida tura olmaydi.

U gumanoidga o‘xshardi”, - dedi Nik O’Donoxyu The Daily Star nashriga.Uyga qaytgach, u rasmni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Foydalanuvchilardan biri buning yerdan ko‘tarilib, bulutlarni yorib kirayotgan tutun ekanligini taxmin qildi.