Jahon | 09:14 / 18.01.2016
7206
2 daqiqa o‘qiladi

Obama Eron bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonda Eron bilan tuzilgan yadro kelishuvi va boshqa bitimlar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. Uning murojaati Oq uyning YouTube`dagi kanali orqali translyatsiya qilib borildi.

“Bugun yaxshi kun”, - dedi Obama Eron bilan munosabatlardagi keskinlik darajasini pasaytirishga diplomatik yo‘l bilan erishilganini ta'kidlab o‘tar ekan.

Obama so‘zlariga ko‘ra, diplomatlarning kuchi bilan Eron atom bombasini yaratish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Tehron avvallari o‘nlab yadro kallaklarini yaratish uchun manbalarga ega bo‘lgan esa, endi ular birortasi uchun ham yetarli emas.

“Agar Eron maxfiy ravishda bombalar tayyorlashga urinib ko‘rsa, biz ularni tutib olamiz”, - dedi Amerika yetakchisi. Uning aytishicha, diplomatiya — bu kabi xilma-xillikni yaxshiroq yo‘l bilan hal etishning eng yaxshi usulidir. Shuning natijasida Yaqin Sharqda yana bir urushning oldi olindi.