Jamiyat | 21:17 / 18.01.2016
3432
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Berlindagi "Yashil hafta - 2016" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

15 yanvar kuni Germaniya poytaxti Berlin shahrida oziq-ovqat sanoati, qishloq, o‘rmon va bog‘dorchilik xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etiladigan dunyoning eng yirik ko‘rgazmasi - “Yashil hafta-2016" ish boshladi.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmaning birinchi kuniyoq O‘zbekiston stendiga yuzlab odamlar keldi. Ular orasida soha mutaxassislari va Berlinda yashovchi fuqarolar bor edi. Mehmonlar O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarining sifati va ta'miga baho berish hamda o‘zbek vinosi va konyaklarini degustatsiya qilish imkoniga ega bo‘lishgan.

Mehmonlar katta qiziqish bilan boy o‘zbek tarixi va madaniyati haqidagi ma'lumot bilan tanishishgan. Shu bilan bir vaqtda ular zamonaviy O‘zbekiston hayoti, rivojlanishi va boy sayohlik imkoniyatlari haqida ma'lumot olishgan. Ularning ko‘pchiligi O‘zbekistonga borish xohishi paydo bo‘lganligini bildirishgan.

“Jahon” axborot agentligining Berlindagi muxbiri M.Bobonazarov ushbu ko‘rgazmadan tayyorlagan suratlarni taqdim etdi.