Sport | 23:13 / 18.01.2016
6650
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: Nacho Kasesni bexosdan tepib yubordim. Agar qasddan tepganimda u o‘rnidan tura olmasdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida «Sporting»ga qarshi o‘yinda (5:1) raqib yarim himoyachisi Nacho Kasesni ortidan tepdi. Hakam bu holatni payqamay qolgani uchun portugaliyalik futbolchi jazolanmay qoldi.

«Bu bexosdan bajarilgan harakat edi. Buning uchun menga kartochka ko‘rsatilishi mumkin edi. Agar men uni ataylab tepganimda, u yotgan joyidan tura olmay qolardi. Men bunday qilmasligim kerak edi», – deydi Ronaldu.