Jahon | 07:36 / 18.01.2016
7077
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Odessa-Kiyev trassasi bo‘yicha avtomobil harakatini to‘liq yoptirdi

Ukrainaning Odessa viloyati rahbari Mixail Saakashvili yomon ob-havo sharoiti tufayli Odessa-Kiyev trassasining ikki tomonga yo‘nalishi bo‘yicha avtotransport harakatlanishining vaqtinchalik to‘xtatilishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda UNIAN nashri.

Bunday qaror Ukrainada oxirgi kunlarda yog‘ayotgan kuchli qorlar sababli qabul qilingan.

Bundan tashqari, Saakashvili vaziyat haqida Ukraina prezidentiga hisobot berdi. Ukraina prezidenti buyrug‘i bilan Odessaga “Ukravtodor” raisi yuborildi va qo‘shimcha qor tozalovchi texnika safarbar qilinadi.