Sport | 23:49 / 19.01.2016
11041
2 daqiqa o‘qiladi

AFC U-23. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi nihoyat uchinchi urinishda g‘alaba qozondi

Qatar poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston va Yaman olimpiya terma jamoalari Osiyo chempionati guruh bosqichining 3-turida uchrashdi.

Uchrashuv 3:1 hisobi bilan o‘zbekistonlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Futbolchilarimiz Javohir Sohibov, Igor Sergeyev va Jaloliddin Masharipovlarning gollariga raqib jamoa futbolchisi Ahmad al-Saroriy bitta gol bilan javob qaytardi.

Shu tariqa, O‘zbekiston futbolchilari uch ochkoga ega bo‘lishdi va musobaqa bilan xayrlashishlariga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston - Yaman — 3:1
Gollar: Javohir Sohibov (19), Igor Sergeyev (69), Jaloliddin Masharipov (90+3) - Ahmad al-Sarori (82)
O‘zbekiston: Abdujalilov, Boltaboyev, Mirabdullayev, Kozak, Komilov, Shukurov, Sohibov, Masharipov, Hamdamov, Shomurodov, Sergeyev
Yaman: Salim, Ahmad, Volid, Abdulvosi, Ahmad Sarori, Ahmad Alos, Faysal, Muhammad, Alavi, Ammar, Ala Addin

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Janubiy Koreya va Iroq 1:1 hisobida durang natija qayd qilishdi va keyingi bosqichga yo‘l olishdi.