Jamiyat | 20:11 / 19.01.2016
19108
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi rahbarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda Respublika onkologiya ilmiy markazining yangi rahbari tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga ko‘ra, A'zam Abduaxatovich Ibodullayev vazirlikning Sanitariya epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikning axborot xizmati xabar qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 19 yanvarda bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida Respublika onkologiya ilmiy markazining yangi rahbari tayinlanganligi to‘g‘risida e'lon qilindi. Ushbu lavozimga avval Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga rahbarlik qilgan Mirzag‘olib Nigmatovich Tillyashayxov tayinlandi.