Jamiyat | 11:35 / 19.01.2016
4958
1 daqiqa o‘qiladi

Yaqin kelajakda reklama odamlarning tushiga kirib chiqishi mumkin

Coca-Cola kompaniyasi o‘zining yangi roligida kelajak reklamasi qanaqa bo‘lishini ko‘rsatishga harakat qildi. Rolikni Daniyaning Studio Smack agentligi ishlab chiqdi.Video reklama insonning tushlariga kirganida nima bo‘lishini ko‘rsatadi.

"Reklama hayotimizning bir qismiga aylandi, biz uni har kuni ko‘ramiz. Ayrim odamlar undan qochishga uringan bir paytda reklama beruvchilar yangi yo‘llar bilan o‘z mahsulotlarini singdirishda davom etmoqda.

Ammo u hali bizni tushlarimizni egallab olmadi. Tushlarimiz hozircha reklama uchun yopiq yagona joydir ", - deb ta'kidladi Coca-Cola vakili.