Jahon | 16:20 / 20.01.2016
4860
1 daqiqa o‘qiladi

“Ozod qilingan Jango” yonayotgan avtomobil ichidan haydovchini ozod qildi

“O‘rgimchak-odam” va “Ozod qilingan Jango” filmlari yulduzi Jyeymi Foks yonayotgan avtomobil ichidan haydovchini olib chiqdi. Bu haqda Los Angeles Times nashri yozmoqda.

Aktyorning uyi yaqinida mashina ag‘darilib ketgan. U 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan, shundan so‘ng mashina ichidagi erkakni tortib olgan. Unga voqea yaqinida bo‘lgan tibbiyot xodimi yordam bergan. Jarohat olgan Brett Kayl jiddiy jarohat olganiga qaramay, tirik qolishi aytilmoqda.