Jamiyat | 14:44 / 20.01.2016
14345
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda sayohatga chiqish uchun eng arzon davlatlar

Hindiston va Indoneziya 2016 sayohatga chiqish uchun eng arzon mamlakatlar deb topildi. Bu haqda Skyscanner sayyohlik xizmati ma'lum qildi.

Mazkur ro‘yxat ikki kishi uchun bir kunlik yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari asosida ishlab chiqildi.Hindiston va Indoneziyada bir kunlik sayohat ikki kishiga o‘rtacha 40 dollardan to‘g‘ri keladi. Tejamkor sayyohlar esa Hindistonda bir kunda 20 dollar ham ishlatishi mumkin.

Vetnam va Nepalga yo‘l olganlarning kunlik xarajati esa 45 dollar atrofida bo‘ladi. Laosga bormoqchi bo‘lganlar esa 55, Shri-Lankada 60 dollardan sarflashlari mumkin. Yevropa mamlakatlari ichida eng arzon sayyohlik yo‘nalishlari Serbiya, Bolgariya, Chernogoriya, Ruminiya va Vengriya kiradi. Ularda sutkasiga 70-85 dollardan sarflab sayohat qilish imkoni mavjud.